FERFOLAS
Biologik faol qo‘shimcha, temir tanqisligiga qarshi vosita, ichish uchun eritma
1 ml eritma tarkibida: Temir (III) gidroksidining polimaltozat kompleksi — 10 mg Foliy kislotasi — 0,1 mg Yordamchi moddalar: 70% suyuq sorbitol, natriy benzoat, saxaroza, aromatizator, distillangan suv.
Mahsulot tavsifi
Tarkibi
Mahsulot tavsifi

FERFOLAS — temir va foliy kislotasiga asoslangan biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, temir tanqisligi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Temir gemoglobinning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, to‘qimalarga kislorod tashilishini ta’minlaydi, modda almashinuvini yaxshilaydi va kamqonlik rivojlanishining oldini oladi.
Foliy kislotasi qon hosil bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va homiladorlik davrida muhim ahamiyatga ega.
Preparat temirning ichaklardan yaxshi so‘rilishini ta’minlaydi va organizmda temir zahirasini to‘ldirishga yordam beradi.
Temir tanqisligi kamqonligining profilaktikasi, homiladorlik davrida temir yetishmovchiligining oldini olish uchun tavsiya etiladi.